Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini Oʻzbekistonga keldi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini 29-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

    Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkaziladi, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

    Shuningdek, Peter Pellegrini faxriy mehmon sifatida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etadi.