Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Sloveniya Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023-yil 8-fevral kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.