Faqat og'ir dasturlargina yangi smartfonning ishini sekinlashtirishi va batareyaning ishlash muddatini qisqartirishi mumkin, — dedi “Praym” agentligiga NAFI tahliliy markazi, “Raqamli fuqaro” platformasi mutaxassisi Vladimir Grisenko.
“iOS” va “Android”dagi smartfonlarning dasturlar tufayli sekinlashishi har xil yo'llar bilan sodir bo'ladi. Masalan, Androidda ishlab chiqaruvchi tomonidan oldindan o'rnatilgan dasturlar, shuningdek turli antiviruslar, tozalagichlar tizimni sekinlashtirishi mumkin, — deya ta'kidlaydi ekspert.
Yaxshisi ishlab chiqaruvchining o'rnatilgan veb-brauzerlaridan foydalanmaslik kerak, dedi u. Chrome, Firefox yoki Edge kabi dasturlar bilan ishlash yaxshiroqdir. Agar siz faqat rasmiy do'konlardan dasturlarni o'rnatgan bo'lsangiz, sizga doimiy ravishda ishlaydigan antivirus kerak emas. Eski qurilmalarda Facebook, YouTube, Instagram sekinlashishi mumkin. Sun'iy intellektni fonda o'qitish, fotosuratlarni sinxronlashtirish, tizimning zaxira nusxasi va shunga o'xshagan sabablar ham smartfonning sekin ishlashiga sabab bo'ladi. Mutaxassis xizmatlarning engil versiyalaridan foydalanishni maslahat beradi. Shunda telefon tezroq ishlashi kerak.