Oftalmologning aytishicha, smartfon yoki kompyuterdan haddan ziyod koʻp foydalanish quruq koʻz sindromi kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Chunki bunday holatda koʻz yoshi bezlari yetarli darajada suyuqlik chiqarmaydi.

“Biz ekranga qaraganimizda kiprik qoqmasdan nimadir oʻqiymiz, oʻyin oʻynaymiz, yana nimanidir tomosha qilamiz. Bunday holatda koʻz quruqlashadi, bunga biz eʼtibor qaratmaymiz”, deydi Aznauryan.

Shifokor smartfonlarni mazkur sindromning kelib chiqishiga va immunitetning pasayishiga sabab boʻlishi mumkinligini qayd etdi. Uning aytishicha, namlanmagan koʻzga turli mikroblarning tushishi inson organizmiga zarar yetkazadi.

Aznauryan agar smartfonlar yoki kompyuterdan foydalanish vaqtini kamaytirishning imkoni boʻlmasa, koʻzni namlantiruvchi vositalardan foydalanishni maslahat berdi. Uning aytishicha, bunday vositalar koʻzning shilliq qavatini namlantirish imkonini beradi.