Smartfonlar semizlikni keltirib chiqarishi mumkin

    Salomatlik 12 Dekabr 2022 1953

    Venesuela olimlari oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, kuniga 5 soatdan koʻp smartfonlardan foydalanish semirish xavfini 43 foizga oshirishi mumkin.

    Agar bu holat “kompyuter+smartfon” kombinatsiyasi asosida, turli virtual oʻyinlar oʻynash tarzida kechsa, zarar koʻlami yanada ortadi.

    Qolaversa, bir joyda oʻtirgan yoki yotgan holatda uzoq vaqt ekrandan koʻz uzmaslik nafaqat ortiqcha vazn, balki koʻrish qobiliyati zaiflashishiga ham sabab boʻladi.

    Bundan tashqari, gadjetlardan meʼyoridan koʻp foydalangan kishilar odatda sogʻlom va oʻz vaqtida ovqatlanish tartibiga ham toʻliq amal qilishmaydi. Bu holat organizmda boshqa qator xavfli kasalliklar paydo boʻlishiga olib keladi.