Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov maʼlum qildi.
Noqonuniy qarorlar Andijonda 48 ta, Toshkentda 11, Namanganda 7, Jizzaxda 6, Qoraqalpogʻistonda 4, Buxoroda 3 va Qashqadaryoda 1ta qabul qilingan.
Buning oqibatida, Respublika boʻyicha 1 338 ta holatda mulk egalaridan 221,5 mlrd. soʻm qarzdorlik yuzaga kelib, ularning huquq va manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Mahalliy hokimliklarning hisobidagi jamgʻarmada qoldiq mablagʻlar mavjud boʻlsada, Toshkent shahrida 76,4 mlrd. soʻm, Toshkent viloyatida 49 mlrd. soʻm, Sirdaryoda 51 mlrd. soʻm, Qashqadaryoda 17 mlrd. soʻm, Surxondaryoda 9,7 mlrd. soʻm, Jizzaxda 7 mlrd. soʻm, Samarqandda 5 mlrd. soʻm, Fargʻonada 2,4 mlrd. soʻm va Andijonda 2 mlrd. soʻm qarzdorlik qoplanmagan.