Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan “A.” AJ qoʻshma korxonasining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, qoʻshma korxonaning 5-ombori sobiq mudiri X.A. va boshqalar oʻzining moddiy javobgarligidagi 95,3 mln soʻmlik kabel mahsulotini goʻyoki qoldiqda turganligi haqida hisobotlarni soxtalashtirib, aslida esa ularni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilishib, jamiyat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.A. va korxonaning boshqa masʼul xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.