Bu haqda Oliy sud axborot xizmati maʼlum qildi.

2023-yil 4-iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Xiva tuman sudida sudlanuvchiga sud hukmi eʼlon qilindi.

Taʼkidlanishicha, u Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Unga 2 yilga muayyan huquqdan, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Xorazm viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi maʼlum qilinadi.