Sobyanin Moskvada mehnat migrantlari sonining kamayishi haqida eʼlon qildi

    Bilasizmi? 18 Oktabr 2020 845

    Moskvada bu yil mehnat migrantlarining soni taxminan 40 foizga kamaydi, va bu albatta qishda kommunal tizimiga sezilarli taʼsir etmay qoʻymaydi. Chunki bunda tozalikni saqlash uchun qoʻl mehnati zarur boʻladi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin eʼlon qildi.

    “Bu qoʻl mehnati, bu belkurak, supurgi, lom. Hamma moskvaliklar ham bunday mehnatga tayyor emas. Lekin bu muammoni asta-sekin hal etamiz. Texnika kuchi yetarli. Boshqa hududlardan odamlarni jalb etamiz”, — deb tushuntirdi Sobyanin “Rossiya 1” kanali efirida.

    Chegaralarning yopiqligi tufayli kelib chiqqan migrantlar yetishmovchiligi butun mehnat bozoriga taʼsir etyapti. Jumladan uy-joy kommunal tizimida, qurilishda va boshqa sohalarda sezilyapti. Lekin shunga qaramay, holatni inqiroz darajasida deb baholash kerak emas. Qishda shaharning mavsumiy ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal etishni uddalashga shahar rahbariyatining ishonchi komil, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.