Do'stona ruhda o'tgan suhbatda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish haqida fikr almashildi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan siyosat va O'zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoevning shaxsiy sa'y-harakatlari natijasida ikki tomonlama hamkorlik sifat nuqtai nazardan yangi pog'onaga ko'tarilganligi qayd etildi. erishilgan hamkorlikning yangi darajasi, ayniqsa, pandemiya sharoitida o'zaro ko'rsatilgan yordam tufayli yaqqol namoyon bo'lganligi ta'kidlandi.
SHu bilan birga, ikki davlat chegarasida yuz bergan so'nggi voqealar jiddiy xavotir uyg'otayotgani to'g'risida so'z yuritildi.
Bu vaziyatda parlament a'zolari chetda turmasligi lozimligi qayd etildi. Ular hukumat va hokimiyatning mahalliy vakillik organlari bilan birgalikda bu borada har tomonlama ko'maklashish, chegaradosh tumanlarda barqaror holatni mustahkamlash yuzasidan faol ish olib borishi lozim.
SHu munosabat bilan tez orada Parlamentlararo hamkorlik komissiyasining navbatdagi majlisini o'tkazish taklif etildi.
O'z navbatida, Qirg'iziston parlamenti spikeri o'rinbosari, Parlamentlararo hamkorlik komissiyasi hamraisi M.Bakirov ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi jihatlarini yuksak baholashi va qadrlashini ta'kidladi. “YAngi ahamiyat kasb etgan hamkorligimizni ko'z qorachig'imizdek asrashimiz kerak”, dedi u.
Bundan tashqari, M.Bakirov ro'y bergan voqea xususida parlament diplomatiyasi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari resursidan foydalanish muhimligini qo'llab-quvvatladi.
Tomonlar O'zbekiston va Qirg'iziston parlamentlararo muloqot ikki mamlakat xalqlari o'rtasida ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladi.
Suhbat yakunida tomonlar ikki mamlakat o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.