Tadbirda turizm sohasidagi davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, mehmonxona va turfirma kabi sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda xorijiy maslahatchi Sodiq Badak oʻzining “Pandemiyadan keyingi davrda Oʻzbekistonda turizm siyosati va islohotlar”ga bagʻishlangan taqdimoti bilan qatnashdi. 

“Dunyodagi mavjud pandemiya holati yaqin vaqtlar ichida saqlanib turadi va jahon hamjamiyatining prognozlaridan kelib chiqib, 2021-2022-yillar ham turizm sohasi uchun sinovli davr boʻlishi kutilmoqda. Ushbu vaziyatda dunyoning rivojlanayotgan davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston ham dunyo boʻylab turizm sohasidagi «turgʻunlik”dan foydalanib, oʻzlarining turizm infratuzilmalarini talab darajasida yaxshilash va rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻlgan. Shu oʻrinda, Oʻzbekiston hukumati tomonidan murakkab pandemiya sharoitida turizm sohasini barqaror holatda ushlab turish va kelgusida uni kompleks rivojlantirish uchun “Oʻzbekiston turizm – 2035” maxsus strategiyasi ishlab chiqilib, bu boradagi zaruriy ishlar olib borilayotganini alohida taʼkidlash zarur», – deydi xorijiy maslahatchi Sodiq Badak. Seminar-trening tashkilotchi va ishtirokchilar oʻrtasidagi turli taklif va qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.