Farg‘onada tuzalganlarning 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, 2 nafari esa Buxoro viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 35 yoshda.

Farg‘onada shu paytga qadar 136 nafar bemor sog‘ayib chiqdi.

Xorazmda tuzalganlarning 8 nafari erkak, 2 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Xorazmda shu paytga qadar 178 nafar bemor sog‘ayib chiqdi.

Shuningdek poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 13 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiya kuzatildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan 27 yoshli erkak Qoraqalpog‘iston Respublikasidan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, Toshkent shahridan 2 nafar, Qozog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 43 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shifo topganlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 561 nafar bemor sog‘ayib chiqdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1803 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.