Oʻyinda dastlab “Soʻgʻdiyona” vakili Javohir Qahramonov 28 daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakun topdi.

Ikkinchi boʻlimning 54 daqiqasida “Nasaf” vakili Husayn Norchayev 11 metrlik jarima toʻpini amalga oshirib oradagi muvozanatni tikladi.

68 daqiqaga kelib “Nasaf” vakili Marko Stanoyevich “Soʻgʻdiyona” darvozasiga toʻp kirititib hisobni 1-2 koʻrinishiga keltirdi.

Oʻyin tugashiga 5 daqiqa qolganda “Soʻgʻdiyona” vakili Shoxruz Norxonov “Nasaf” darvozasiga toʻp kiritib oʻrtadagi farqni tengalashtirdi. Shu tariqa jamoalar 2-2 hisobini qayd etishdi. Guruhdagi boshqa oʻyinda “Bunyodkor” vakillari “Rubin” jamoasini yirik hisob bilan magʻlubiyatga uchratishdi.