Shu yil 28-aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilangan edi.
Bugungi kunda ushbu qaror asosida barcha iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga raqamli texnologiyalari keng joriy etilmoqda.
“Elektron hukumat” dasturining kompleks rivojlanishi nafaqat aholi va davlat organlarining vaqt va pul sarflanishini kamaytirishga yordam beradi, eng muhimi, aholi uchun davlat xizmatlarning sifatini oshiradi va fuqarolarning turmush darajasini yaxshilaydi.
Mazkur dasturning eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri sogʻliqni saqlash sohasi deb hisoblanadi. Mamlakatimizda fuqarolarimizning sogʻligini saqlash va respublikada sanitariya osoyishtaligini saqlash masalasi davlatimiz olib borayotgan siyosatida mazkur yoʻnalish muhim oʻrin tutadi.
Mamlakatimizda kelgusi yillarda raqamlashtirish siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydigan asosiy hujjatlaridan biri “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qaroriga muvofiq 2020-2022-yil ichida sogʻliqni saqlash sohasida jami 12 ta loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimini joriy etilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toʻgʻrisida yagona tibbiy maʼlumotlar bazasini shakllantirishga, aholining salomatligi monitoringini oʻtkazishda yordam beradi.
“Elektron retsept” axborot tizimini joriy etishi esa bemorlarni medikamentoz vositalari bilan samarali va xavfsiz davolanishni tashkil etish va shifokorlarning elektron reyestrini shakllantirishga yoʻnaltirilgan loyiha. Bu esa, oʻz navbatida, tibbiy vositalarining nazorat qilish va monitoring olib borish tizimini takomillashtirishga koʻmak beradi.
Tibbiyot muassasalarida zamonaviy kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish orqali tibbiyot xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida «Elektron poliklinika» va “Elektron shifoxona” axborot tizimlarini joriy etish koʻzda tutilgan.
Oʻz navbatida, tahlil, suratlar va boshqa natijalarning yagona elektron reyestrini shakllantirishga yoʻnaltirilgan «Laboratoriya» axborot tizimi sogʻliqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish uchun ilmiy-amaliy haqiqiy bazaga aylanishi mumkin.
Bundan tashqari, kelgusi ikki yilda sogʻliqni saqlash sohani yana-da rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qator muhim loyihalarni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Majburiy tibbiy sugʻurta axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish elektron tizimi yaratiladi.
Bundan tashqari, sogʻliqni saqlash tizimida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga order berishning toʻliq elektron tizimini va respublikada farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimini ishlab chiqishi rejalashtirilgan.
Yuqoridan aytib oʻtilganidan koʻrinib turibdiki, sogʻliqni saqlash sohasida raqamlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Barcha loyihalar oʻta yuqori dolzarblik va muhimligiga ega boʻlib, ularning amalga tatbiq etishi fuqarolarimizning turmush darajasini yaxshilashga va sogʻliqni saqlash tizimini yana-da takomillashtirishga zamin yaratadi.