Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-avgust holatiga sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 1 053 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 125,5 foizga oshgan.
2021-yilning 1-avgust holatiga koʻra, ushbu sohada jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 959 tani tashkil etmoqda.
2021-yil yanvar-iyul oylarida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng koʻp yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega boʻlgan hududlar:
Toshkent shahri – 203 ta;
Fargʻona viloyati – 123 ta;
Samarqand viloyati – 110 ta;
Toshkent viloyati – 88 ta.