A.Boboyev 1996-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, ushbu oliy oʻquv yurtining klinik ordinatura yoʻnalishida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida katta laborant sifatida boshlagan.

Turli yillarda Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy biologik fanlar kafedrasi katta laboranti, Toshkent shahar Olmazor tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi maslahat-diagnostika poliklinikasi hamda Respublika klinik shifoxonasi urologiya boʻlimi singari qator muassasalarda shifokor-urolog, Sogʻliqni saqlash vazirligi kotibiyatida bosh mutaxassis kabi lavozimlarda ishlagan.

II darajali «Salomatlik« ordeni bilan taqdirlangan A.Boboyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.