Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'i bilan Maxmudov A'zamjon Talatovich vazirlikning Fan va ta'lim boshqarmasi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi. 

U Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. 2010 yildagi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o'tkaziladigan tanlov natijalariga binoan A.Maxmudovga sog'likni saqlash yo'nalishida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tayinlangan. 

U 2016 yilda urologiya yo'nalishida tibbiyot fanlari doktorlik dissertatsiya ishini ingliz tilida muvaffaqiyatli himoya qilgan  SHuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining bosh ilmiy kotibi, keyinchalik ushbu oliy o'quv yurtining urologiya kafedrasida dotsent lavozimlarida ishlagan. 

Faoliyati davomida 2018 yilda Koreya Respublikasining Bundang CHeseng gospitalida urologiya yo'nalishida, 2014 va 2019 yillarda Germaniyaning Gissen va Marburg universiteti klinikasida urologiya va andrologiya yo'nalishlarida malaka oshirgan.

36 yoshli tibbiyot fanlari doktori tayinlovdan avval Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kotibi lavozimida faoliyat olib borgan, deb xabar beradi Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.