Toshkent shahrida oʻtgan yili, Qoraqalpogʻiston, Navoiy, Samarqand, Fargʻona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili ushbu tizim ishga tushishi kerak edi. Sugʻurta jamgʻarmasi faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani koʻrsatib oʻtildi.
«Belgilangan islohotlarimiz qanchalik toʻgʻri boʻlmasin, tizim raqamlashmasa, kutilgan natijaga erisha olmaymiz», — dedi Prezident.
Lekin mutasaddilar tizimni toʻliq raqamlashtirish u yerda tursin, oddiy “elektron retsept”ni ham ishga tushira olmagani tanqid qilindi. “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”ni joriy etishda ham jiddiy oqsoqliklar bor.
«Vazirlik rahbarlari dunyoqarashini oʻzgartirib, fidoyi boʻlmasa, masʼuliyatni his qilib, soʻrovni kuchaytirmasa, islohotlar mahallagacha yetib bormaydi», — dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, yoʻl qoʻyilgan kamchilik va xatolar uchun sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosarlari D.Sultanov, F.Sharipov lavozimidan ozod etildi, vazir oʻrinbosari O.Omonov 6 oyda raqamlashtirishda oʻzgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.









