Besh tashabbus doirasida tashkil etilgan tadbir doirasida shuningdek maktabdagi “Quyoshjon” sogʻlomlashtirish maydonchasining 2-mavsum yopilishi ham bayramona tarzda, koʻtarinki oʻtkazildi.
Tadbirga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yunusobod tumani boʻlimi bosh mutaxassisi Jasur Qobilov, Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda Vatan tayanchi harakati boʻlinmasi boshligʻi Qurolli kuchlar xizmatchisi Hasanboy Kosimov, Oʻzbekiston “VETERAN” Jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasining Afgʻon urushi qatnashchisi Akbarjon Zunnunov, Yunusobod tumani toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlar qoʻmondonining shartnoma asosidagi harbiy xizmatchisi va harbiy ansambl yakkaxon xonandasi Iso Kurikmetov hamda Mudofaa vazirligi koshidagi harbiy ansambl jamoasi tashrif buyurdi. Tadbir taʼsirida oʻquvchilarda, ota-onalarda Vatanga boʻlgan mehr va sadokat xissi yanada kuchliroq joʻsh urdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Diyora Saidakbarova,
OʻzDJTU talabasi