Soha mutaxassislarining tayyorgarlik holati yuqori baholandi

    Favqulodda vaziyatlarda aloqa imkoniyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois soha mutaxassislarining bu boradagi koʻnikmalari muntazam nazoratdan oʻtkazib borilishi talab etiladi.

    Xususan, joriy yilning 16-18-iyul kunlari “Oʻzbektelekom” AKning Andijon, Fargʻona va Namangan filiallari mutaxassislari “Аholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha harakatlar” mavzusida oʻtkazilgan maxsus-taktik oʻquv mashqlarida faol ishtirok etdi.

    Oʻquv mashgʻulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi – FVDTning mazkur viloyatlardagi hududiy quyi tizimlari hamkorligida tashkil qilindi. Unda kompaniya filiallari mutaxassislarining harakatlari tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda ularni bartaraf etish hamda barqaror faoliyat koʻrsatishni taʼminlash borasidagi holatlarga “Tayyor” deb baholandi.

    “Oʻzbektelekom” AK Matbuot xizmati

    Reklama