Unda O'zbekiston, Qirg'iziston hamda Qozog'istondan jami 63 jamoa erkaklar, ayollar hamda mikst yo'nalishida g'oliblik uchun kurashdi.

Qozog'istonlik taniqli shoir, yozuvchi, adabiyotshunos, davlat va jamoat arbobi O'ljas Suleymanov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnir mamlakatimiz sohil voleybolchilari uchun xalqaro maydondagi ilk musobaqa sifatida tarixga kirdi. Quvonarlisi vakillarimizning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi.

Xalqaro turnir uchta yo'nalishda, ya'ni 2x2 (erkaklar va ayollar), 4x4 (erkaklar va ayollar) hamda faxriylar (+40 yosh va +50 yosh) o'rtasida tashkil etildi.

2x2 yo'nalishida vatanimiz sharafini himoya qilgan jamoalarning omadi chopmagan bo'lsa, 4x4 yo'nalishidagi musobaqalarda ishtirok etgan jamoamiz bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Faxriylar o'rtasida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari faxrli 2-o'rinni egalladi.