Joriy yilning 5 oyida soliq huquqbuzarliklari haqida 61 mingdan ortiq murojaat yoʻllangan

2023-yil yanvar-may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 61 286 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

  • 57 202 tasi xarid cheki bermaslik;
  • 2 435 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
  • 97 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
  • 1 552 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 34 412 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Murojaatlar asosida 22 569 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,6 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Natijada, huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yil davomida toʻlangan mukofot summalari 21 942 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 10,9 mlrd soʻmga yetdi.