Ushbu hujjatda ayrim qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq hisoboti shakllarini toʻldirish bilan bogʻliq bir qator yangiliklar belgilandi.
Yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha YATTlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanganligi bois, bu boʻyicha hisobotning soddalashtirilgan shakli joriy qilinmoqda.
Tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasi realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun nol soliq stavkasi qoʻllanishi bois, soliq hisobotlarida ushbu masala kiritilmoqda.
Xalq deputatlari kengashlari ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli ekanligidan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uchun stavkani toʻldirish bekor qilinmoqda.
Mazkur hujjat 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.








