Soliq toʻlovchilar 8 oyda 16 trln soʻm soliq imtiyozlaridan foydalandi

    Moliya 30 Sentabr 2024 365

    2024-yilning yanvar avgust oylarida 138 661 ta tashkilot 16 trln soʻm miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.

    Shu bilan birga:

    • 2 927 ta korxona moliyaviy xizmatlar boʻyicha 13,1 trln soʻmlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
    • 7 185 ta korxona 22,5 trln soʻm miqdorida QQS “nol” stavkasini qoʻllagan.

    Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

    • QQS – 8 trln soʻm;
    • foyda soligʻi – 2,3 trln soʻm;
    • yer soligʻi – 1,9 trln soʻm;
    • ijtimoiy soliq – 1,9 trln soʻm;
    • JSHODS – 884,7 mlrd soʻm;
    • mol-mulk soligʻi – 801,6 mlrd soʻm;
    • AOS – 139 mlrd soʻm;
    • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,9 mlrd soʻm.

    Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS boʻyicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.