Kattaqoʻrgʻon shahar Davlat soliq inspeksiyasida “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan “Harakatlar rejasi” belgilab olingan. Kattaqoʻrgʻon shahar Davlat soliq inspeksiyasining “Tadbirkorlikni qoʻllab-qoʻvvatlash” shoʻbasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga manzilli koʻmak berish yuzasidan muntazam amaliy ishlar tashkil qilinmoqda.

 “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida 2021-yil mart oyi davomida jami 211 ta korxona oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida koʻmaklashish zarur boʻlgan korxonalardan 40 ta dastlabki buxgalteriyasini yuritishga koʻmaklashildi. 2 ta onlayn NKMni ishlatish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, 6 ta korxonalarning boshqa idora va tashkilotlarga aloqador muammolari yuzasidan tegishli tartibda xat orqali tegishli tashkilotlarga yuborildi. Misol uchun, “Ingichka Baraka” MCHJ rahbari J.Mamadiyarov tomonidan kredit olish toʻgʻrisidagi murojaati boʻyicha 2021-yil 5-mart kuni “Mikroreditbank” ATB Kattaqoʻrgʻon shahar filiali tomonidan Akfa eshik romlari ishlab chiqarish uskunasi sotib olish uchun 30 million soʻm miqdorida kredit ajratilishida amaliy koʻmaklashildi. Shuningdek, yangi tashkil etilgan “Bony mebel 777” MCHJga mebel ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida imtiyozli kredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankiga kredit ajratishda amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan xatlar yuborilib, kredit ajratilishi nazoratga olingan.

“Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar rejasi asosida tadbirkorlarni qoʻllab-qoʻvvatlash boʻyicha tadbirlar davom etmoqda.

A.Omonov,

Kattaqoʻrgʻon shahar Davlat soliq inspeksiyasi

“Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” shoʻbasi boshligʻi