Soliqchilar jarimaga tortildi

    Qashqadaryoda 15 nafar soliqchi 37 million soʻm jarimaga tortilib, tadbirkorlarning 40 milliard soʻm majburiy toʻlovlari bekor qilindi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy axborot kanalida xabar berildi.

    Qayd etilishicha, palataning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyatidagi shoʻbasi masʼul xodimlari tomonidan tadbirkorlik subektlarining soliq maʼmurchiligi sohasida mavjud muammolari tahlil qilindi.

    Tahlil natijasida tadbirkorlik subektlarida noqonuniy tekshirish oʻtkazgan 15 nafar soliq organi mansabdor shaxslarga nisbatan 37 milloin soʻmdan ortiq (37 290 000 soʻm) maʼmuriy jarima jazosi qoʻllanildi.

    Soliq organlari tomonidan tadbirkorlarga nisbatan noqonuniy hisoblangan 40 milliard soʻmdan ortiq (47 571 624 813 soʻm) soliq va majburiy toʻlovlar bekor qilindi.