Tanlovda mamlakatning milliy valyutasini xalqaro miqyosda oʻziga xosligi, xalqimizning madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun, 2022-yil 31-martga qadar ariza, gʻoya tasviri va konsepsiyasi bilan birgalikda tanlov@cbu.uz elektron manziliga yuborish lozim.
Gʻolibga Markaziy bank tomonidan pul mukofoti taqdim etiladi. Tanlov qoidalari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.