Bank matbuot xizmatining xabar berishicha, tanlovga 31 martgacha 16 mingga yaqin arizalar kelib tushgan. Ishlarni baholash uchun Markaziy bank vakillari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizaynerlik instituti va Intellektual mulk agentligining mutaxassislarini o‘z ichiga olgan tanlov hay’ati tuziladi.
Gʻoliblar 2 bosqichda aniqlanadi:
Saralash bosqichida Tanlov tashkiliy qo‘mitasi ishlarni texnik talablarga mosligini tekshirib, yakuniy bosqichga o‘tkazish uchun munosib ishlar bo‘yicha tanlov hay’ati a’zolariga taklif kiritadi.
Yakuniy bosqichda ishlar 1 apreldan 30 aprelgacha Tanlov hay’ati tomonidan baholanadi hamda eng yaxshi ish aniqlanadi va Intellektual mulk agentligi xizmatidan foydalangan holda “So‘m ramzi” loyihasi uchun kontrafaksiyaga tekshiriladi.
Shuningdek, yakuniy qaror may oyida e’lon qilinadi.