Somoniylar maqbarasining loyi tuya sutiga qorilganmi?

    Ushbu arxitektura yodgorligi XI asrdan ortiq vaqt ichida toʻlaligicha saqlanib qolgan obida sanaladi.

    Somoniylar davri meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri Ismoil Somoniy maqbarasi Buxoroda qad rostlagan.

    Maqbara Somoniylar davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob Ismoil Somoniy tomonidan 864-868-yillarda bunyod etilgan.

    U gumbazsimon shaklida boʻlib, Movarounnahr va Xuroson meʼmorchiligining oʻziga xos “Chor” uslubida qurilgan. Oʻsha davrlarda ilk bor yuqori sifatli pishgan gʻisht, alebastr qorishmalar ishlatilgan.

    Ushbu arxitektura yodgorligi XI asrdan ortiq vaqt ichida toʻlaligicha saqlanib qolgan obida sanaladi.

    Ayrim rivoyatlarga koʻra, uni qurishda tuya sutiga qorilgan loy ishlatilgan. Boshqa afsonalarda aytilishicha obida qurilishida qizil xoʻrozning qonidan foydalanilgan. Shu sabab maqbara gʻishtlari hech qanday boʻyoqlarsiz ham hozirgacha oʻz jozibasini yoʻqotmagan emish.