Soʻnggi 10 yillikning eng yaxshi hakamlari reytingi eʼlon qilindi, roʻyxatda Ermatov ham bor

    Sport 14 Yanvar 2021 1331

    Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqini boʻyicha 2011-2020-yillar oraligʻidagi eng yaxshi referilar roʻyxati tuzildi.

    IFFHS hakamlarning har bir yildagi reytingini oldi va shu orqali ularni baholadi. Yil hakami boʻlganlarga 20 ball, 2-oʻrindagilarga 19 ball, 3-pogʻonadagilarga esa 17 ochko berildi va 20-oʻringa qadar shu taqlid baholandi.

    Unga koʻra, yetakchi sifatida germaniyalik Feliks Brix (141 ball) qayd etildi. Undan 1 ochkoga ortda qolgan turkiyalik Junayt Chaqir esa 2-boʻldi. Soʻnggi oʻn yillik eng kuchli hakamlari uchligini niderlandiyalik Byorn Kyoypers yakunlab berdi.

    Hamyurtimiz Ravshan Ermatov esa 33 ball bilan 16-pogʻonadan joy oldi. U Yunas Eriksson (Shvetsiya), Kleman Tyurpen (Fransiya) va Alirizo Fagʻoni (Eron)dan yuqorida turibdi.