2017-yil 1-sentyabrdan boshlab avtomobillar uchun davlat raqam belgilari oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha birja orqali sotilishi yoʻlga qoʻyildi;
25 ta Davlat xizmatlari markazlari orqali eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish yoʻlga qoʻyildi;
2019-yil 1-iyuldan jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni toʻplovchi markazlashgan axborot tizimi ishga tushirildi;
“Maʼmuriy amaliyot” KAAT hamda “dyhxx.uz” sayti orqali “Masofadan turib vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan transport vositasini olib chiqish”ning elektron tartibi joriy etilib, 2020-yilning may oyidan ishga tushirildi;
2020-yil 1-avgustdan boshlab YPX inspektorlari tomonidan yoʻl harakati qoidabuzarlik toʻgʻrisidagi maʼmuriy bayonnomalar maxsus dasturiy taʼminot oʻrnatilgan planshetlar yordamida elektron shaklda rasmiylashtirilishi yoʻlga qoʻyildi;
transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish eksterritoriallik tamoyili joriy etildi;
hududdan qatʼiy nazar davlat raqami belgilarini berish va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi;
haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon olish jarayonini jamoatchilik tomonidan, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali “onlayn” kuzatish amaliyotini joriy etildi.