Oʻtgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra oʻsdi, yil yakuni bilan jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi ham yil oxirigacha 130 milliard dollar boʻladi.

Barcha tarmoqlarga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar kirib kelayotgani hisobiga bu yil eksport 25 milliard dollarga olib chiqiladi. Oʻtgan 8-yilda esa mamlakatimizga 130 milliard dollar xorijiy sarmoya kiritildi.

Eʼtiborlisi, ilgari investitsiya asosan xomashyo resurslariga kiritilgan boʻlsa, hozir har bir sohada yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilashga yoʻnaltirilyapti.

«Men bu iqtisodiy koʻrsatkichlarga nima uchun koʻp toʻxtalyapman? Chunki iqtisodiyot qanchalik mustahkam boʻlsa, taʼlim rivojlanadi. Taʼlim sifati yuqori boʻlgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror oʻsadi. Bu – hayot qonuni!», – dedi davlatimiz rahbari.