Kunduz kuni havo 16-19° iliqgacha, janubda esa baʼzi joylarda 22-25° iliqgacha isiydi. Faqat Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.

Ammo yomgʻirlar mavsumi hali tugamadi. Ertaga Oʻzbekistonga yana nam va salqin havoning bir qismi kirib keladi. Respublikaning shimolidan tashqari barcha viloyatlarda yana bulutli va yomgʻirli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Fargʻona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Kunduz kuni harorat 12-15° iliqgacha pasayadi.

25 va 26-martda respublikaning ayrim joylarida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻishi toʻxtaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Havo harorati deyarli oʻzgarmaydi.

Dam olish kunlari togʻ oldi va togʻli hududlarda sel kelishi, togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor, — deya xabar berdi “Oʻzgidromet”