Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurovning taʼkidlashicha, 2024-yilning dastlabki 3 oyida “103” xizmatiga jami 686 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushdi.
Mazkur koʻrsatkich 2023-yilning ayni shu davrida 893 tani tashkil etgan.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, 2024-yilning yanvar-mart oylarida eng koʻp yolgʻon chaqiriq Buxoro viloyatida kuzatilib, bu raqam 137 tani tashkil etdi.
Keyingi oʻrinda Toshkent shahri qayd etildi — 133 ta. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 110 ta, Andijon viloyatidan 58 ta va Fargʻona viloyatidan 57 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolgʻon chaqiriq Sirdaryo viloyatida roʻyxatga olindi — atigi 1 ta!