Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-avgust holatiga qurilish sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni 53 499 taga yetgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,8 % ga oʻsgan.

Ularning soʻnggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

— 2020-yilda – 41 479 ta;

— 2021-yilda – 46 509 ta;

— 2022-yilda – 47 827 ta;

— 2023-yilda – 52 057 ta;

— 2024-yilda – 53 499 ta.