Har bir al`bomda turli muzeylar va shaxsiy to'plamlarda saqlanayotgan san'at asarlari, loyiha arxividan tanlangan ajoyib fotosuratlar jamlangan. Madaniy merosning boyligi san'atshunoslarning aniq va ravshan matnlarida ochib berilgan, mavzularning har biri chuqur o'rganilgan, ularning har biri uchun tasvirlanayotgan mavzu sevimli va qadrli hisoblanadi.

Albom O'zbekiston tasviriy san'ati rivojlanishining asosiy bosqichlariga bag'ishlangan uchta keng ko'lamli tematik bo'limlardan iborat. U an'anaviylik va yangilikning noodatiy kombinatsiyasi bilan tomoshabinni hayratga soladigan yorqin hodisa sifatida namoyon bo'ladi. Nashr xorijlik o'quvchilarga mamlakatimizdagi zamonaviy san'atning o'ziga xos xususiyati to'g'risida tasavvurga ega bo'lishga yordam beradi. Al`bomda so'nggi yuz yil ichida yaratilgan, hozirgi kunda turli muzeylar va shaxsiy to'plamlarda saqlanayotgan mashhur va noma'lum rassomlik, grafika va haykaltaroshlik asarlari namoyish etilgan.

"O'zbekiston san'atining durdona asarlari" turkum al`bomlarining taqdimoti 2021- yil sentyabr` oyida bo'lib o'tadigan O'zbekiston madaniy merosini asrash, o'rganish va ommalashtirish bo'yicha butunjahon jamiyatining 5-yubiley kongressida bo'lib o'tadi.