Mazkur holatga Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan IIV bilan birgalikda oʻrganmoqda.
“Yuqoridagi holat yaʼni nomaqbul harakatlar bolalarga nisbatan nafaqat ruhiy zoʻravonlik va tahdid, balki bolaning shaʼni va qadr-qimmatini ommaviy tahqirlash ham hisoblanib, uning ruhiy-emotsional sogʻligʻiga jiddiy zarar yetkazadi”, — deyiladi munosabatda.
Shuningdek, izohda bunday noqonuniy harakat uchun tegishli tartibda javobgarlik choralari qoʻllanilishi shart ekanligi qoʻshimcha qilinadi.