Buning uchun “Ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma berish (https://my.gov.uz/uz/service/544)” xizmatini tanlab, bo'sh kataklarga kadastr raqami va bino nomini yozish kifoya.

Xizmat pullik va albatta my.gov.uzdan foydalanganda, 10% chegirma mavjud.

Xizmat ko'rsatish muddati 3 kun.

Ushbu qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital ta'mirlayotganda juda qo'l keladi, deyiladi O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy telegram sahifasida.