Tarozi to'g'ri ishlasa, undan iste'molchi zarar ko'rmaydi. SHu bilan birga, sotuvchi va iste'molchi o'rtasida halol munosabat shakllanadi. SHu maqsadda respublikamiz dehqon bozorlarida foydalanilayotgan elektron tarozilarni o'z vaqtida “O'zstandart” agentligi tomonidan davlat metrologik tekshiruvlaridan o'tkazib turish yuzasidan bir nechta me'yoriy hujjatlar ham qabul qilingan.
Ming afsuski, hozirga qadar poytaxt dehqon bozorlarida elektron tarozilar bilan bog'liq muammolar o'z echimini topmadi. “O'zstandart” agentligi, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va boshqa mas'ul idorlar hamkorligida tashkil etilgan o'rganishlar natijasi qoniqarsiz bo'ldi, deya xabar bermoqda “O'zstandart” agentligi matbuot xizmati.
O'rganishlar davomida Toshkent shahridagi dexqon bozorlarida 17 ming 894 dona savdo o'rni mavjud bo'lib, shundan 9 ming 461 tasida tarozi talab etilishi ma'lum bo'ldi.
Mavjud o'rinlar savdosi uchun 4730 dona taroziga ehtiyoj bor. Hozirgi kunda dehqon bozorlarida 3200 dona tarozidan foydalanilmokda. Qonunchilikda bozor hududida shaxsiy tarozilardan foydalanish taqiqlangan bo'lsa-da, 1960 nafar sotuvchi shaxsiy tarozilaridan foydalanib kelinmoqda.
Dehqon bozorlari hisobida esa 1240 dona tarozi bor, xolos. Hozir dehqon bozorlariga 1531 dona tarozi etishmaydi.
“O'zstandart” agentligi, O'zbekiston milliy metrologiya instituti va hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan targ'ibot tadbirlariga qaramasdan, poytaxtimizdagi Askiya, CHilonzor, Qoraqamish hamda Qo'yliq dehqon bozorlaridagi mavjud 326 dona elektron tarozi tegishli tartibda qiyoslash ko'rigidan o'tkazilmasdan ishlatilmoqda.
Bunday e'tiborsizlik natijasida savdodagi ishonch yo'qoladi hamda davlat va xalq manfaatlariga zarar etadi. Albatta, bunday salbiy holatlar tegishli idoralar tomonidan o'rganilib, ijobiy echim topiladi, degan umiddamiz.