UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillar pozitsiyalar narxini 19 foizgacha oshirgan. Buni kompaniya saytidagi joriy va avvalgi narxlarini solishtirib, bilish mumkin.

  • Chevrolet Onix LS MT 149 million soʻmdan 176,9 million soʻmgacha;
  • Chevrolet Onix 1LT MT 155 million soʻmdan 180,8 million soʻmgacha;
  • Chevrolet Onix 4LT LTZ Turbo AT 185 million soʻmdan 199,9 million soʻmgacha;
  • Chevrolet Onix Premier 1 207,3 million soʻmdan 211,9 million soʻmgacha;
  • Chevrolet Onix Premier 2 214,7 million soʻmdan 219,6 million soʻmgacha qimmatlashgan.

Maʼlumot uchun, oktyabrda Chevrolet Onix 3LT MT pozitsiyasi 26 million soʻmga oshirilgach, 184,8 million soʻm narx bilan kontaktatsiyalar ochilgandi.