Havaskor ayollar — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1500 dan kam bo‘lganlar.
Havaskor erkaklar — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1600 dan kam bo‘lganlar.
Professional ayollar — FIDE reytinggi 1500 dan yuqorilar.
Professional erkaklar — FIDE reytinggi 1600 dan yuqorilar bellashgan ushbu ochiq turnir final bosqichining g‘olib va sovrindorlari 50 000 000 million, 30 000 000 million, 20 000 000 million, shuningdek barcha ishtirokchilar 10 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Jumladan, 1-o‘rin (5,5 ochko) Nozima Dilmurodovaga nasib etdi va 50 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin (5 ochko) va 30 million so‘m pul mukofotiga Sarvinoz Qilichova munosib ko‘rildi.
Madina To‘xtayeva esa 3-o‘rinni (5 ochko) egalladi va va 20 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Qolgan barcha ishtirokchilar 10 million so‘m pul mukofoti taqdim qilindi.