16-sentyabrda respublikaning shimoliy tumanlariga Volga boʻyidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatimizning shimoli va choʻl zonasidan oʻtadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi.

17-18-sentyabrda salqin va kam nam havo butun Oʻzbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomgʻirlar faqat respublikaning togʻoldi va togʻli tumanlarida yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meʼyordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti oʻtishi natijasida 16-17-sentyabr kunlari respublika boʻyicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19-sentyabrda janubi-gʻarbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga koʻtarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.