Aytingchi, sovuq havoda oʻquvchi-qizlarga maktabga shim kiyib borish mumkinmi?
Javob:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan (2018-yil 15-avgustda qabul qilingan) sovuq ob-havo sharoitida oʻquvchi qizlarga maktab formasiga mos klassik uslubdagi shim kiyishga ruxsat beriladi.