So'x tumani aholisining ichimlik suv ta'minoti 2021 yil yakuniga qadar 97 foizga etkaziladi

    Bugungi kunda tumandagi 27 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida isteqomat qiluvchi aholining 76 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlangan.

    O'tgan 2019 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida “Xushyor”, “G'aznov”, “Mulgon” mahalla fuqarolar yig'inlarida 6,1 kilometr ichimlik suv tarmoqlari tortildi. “Farg'ona suv ta'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyatining o'z mablag'lari hisobidan 3 dona ichimlik suv nasoslarini o'rnatish va 8,8 kilometr ichimlik suv tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirildi.

    Davlatimiz rahbari topshirig'iga asosan, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri Muzaffar Saliev tuzilgan ishchi-guruh bilan har bir mahallarda o'rganishlar natijalarini va aholining murojaatlarini inobatga olgan holda, 2020-2021 yillarda So'x tumanida ichimlik suv ta'minotini rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqilishida shaxsan ishtirok etdi.

    Jumladan, So'x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri Muzaffar Saliev joriy yilning 1-3 iyun` hamda

    1-2 iyul` kunlari So'x tumanida xizmat safarida bo'ldi. Vazir dastur doirasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarini ko'zdan kechirib, barcha ishlarni karantin tartib qoidalariga qat'iy amal qilgan holda olib borilishini ta'minlash, shuningdek aholiga qo'shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga qator topshiriqlar berdi.

    Bundan tashqari har hafta videokonferentsiya orqali Farg'ona viloyatidagi mutasaddilar bilan yig'ilishlar o'tkazib, ishlarni yanada jadallashtirish va sifatli bajarilishi bo'yicha topshiriqlar berib bormoqda.

    So'x tumanida istiqomat qiluvchi axolini ichimlik suv ta'minotini yaxshilash maqsadida hozirgi kunga qadar, hududlarda jami: 20,2 km ichimlik suv tarmoqlari tortildi. 1 dona yangi nasos uskunasi o'rnatildi. Jumladan: Sebzor MFYda 4,8 km, Xushyor MFYda 0,6 km, Qaqir MFYda 0,9 km, SHarqobod MFYda 2,3 km, CHashma MFYda 2,6 km, Oftobru MFYda 2,9 km, Guliston MFYda 1,3 km, Zangat MFYda 1,4 km, Sohibkor MFYlar hududida 0,8 km ichimlik suv tarmoqlari tortildi.

    Bundan tashqari Xushyor MFY Bo'ston ko'chasidagi mavjud ichimlik suv qudug'iga eTSV-6-10-80 markali yangi suv nasosi o'rnatildi. Ushbu ishlar natijasida ushbu xududlarda istiqomat qiluvchi 850 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi 3500 nafardan ortiq axolining hamda yuqumli kasalliklar shifoxonasi va 2 ta umumta'lim maktabining toza ichimlik suv ta'minoti yaxshilandi.

    SHuningdek, “Farg'ona suv ta'minoti” MCHJning o'z mablag'lari xisobidan ham CHashma MFY Ko'xzor ko'chasiga 2,6 km ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Bugungi kunda ob'ektlarda qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi

    PQ-4798-sonli qarori qabul qilinishi, So'x tumanida istiqomat qiluvchi aholini ichimlik suv ta'minotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Mazkur qarorda ichimlik suv ta'minotini yaxshilash bo'yicha belgilangan vazifalarni ijrosi natijasida So'x tumani aholisining ichimlik suv bilan ta'minlanganlik darajasi 97 foizga etkaziladi.

    Jumladan, “Oftobru”, “Tul”, “Hushyor”, “Qaqir”, Qarir-sebzor”, Ravon, Sarikanda, Hazrat Ali, YAngiariq, Navobod, Lenburg, Qalacha, G'aznov, CHashma, So'x, Demursand va SHarqobod kabi mahalla fuqarolar yig'inlarida yashovchi aholini ichimlik suv bilan ta'minlash maqsadida, 108,5 milliard so'm mablag'lar doirasida 274 kilometrlik ichimlik suv tarmog'i tortiladi.

    30 dona ichimlik suv inshootini qurish va rekonstruktsiya qilish, 9 dona yangi ichimlik suv qudug'i qazish, 7 dona ichimlik suv havzasini qurish kabi ishlar rejalashtirilgan. Mazkur ishlar natijasida So'x tumanida istiqomat qiluvchi 59 ming nafar aholining toza ichimlik suv ta'minoti yaxshilanadi.

    O'zbekiston Respublikasi

    Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi

    Axborot xizmati