Ammo, shu paytga qadar bu tumandan terma jamoa darajasidagi bironta ham sportchi etishib chiqmagan. Buning asosiy sababi, hududni sport infratuzilmasi qoniqarli emasligi hamda inventarlar bilan etarli darajada ta'minlanmaganligi edi.
SHu kunlarda So'x tumanida jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojini yangi bosqichga olib chiqish, aholi orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni tarbiyalab, milliy terma jamoalar darajasigacha olib chiqish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
SHu maqsadda So'x tumani yoshlari uchun yangi sport inshootlarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish hamda ularni etarli darajada sport jihozlari va inventarlari bilan ta'minlash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.
Jumladan, So'x tumanida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish bo'yicha maqsadli reja ishlab chiqilgan bo'lib, uning doirasida tumandagi sport inshootlari uchun jami 30 turdan ortiq umumiy qiymati esa 600 million so'mlik Prezident sovg'asi – sport jihozlari va inventarlari etkazib berildi.
Ta'kidlash kerak, tuman yoshlari uchun ko'p yillardan beri jismoniy tarbiya va sport jihozlari etkazib berilmayotgan edi. Natijada, mahalliy yoshlar sport borasida o'z iqtidori va iste'dodini namoyon etishda muammolarga ham duch kelishayotgan edi. Negaki, sport jihozi etishmagach, sportchining mahorati o'smaydi, ko'rsatkichlari ham pasayib ketadi. Umid qilamizki, davlat darajasidagi bu kabi e'tibor sportchi yoshlarning yanada faol bo'lishiga va yaqin davr ichida ular orasidan nafaqat O'zbekiston, balki Osiyo va jahon chempionlari ham etishib chiqishiga xizmat qiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati