Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. va S.R.lar oldindan til biriktirib fuqarolarni aldab, Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tanishlari orqali olib berishga ishontirib, evaziga har biridan 1 300 AQSH dollari olib, “Buxoro-Jukovskiy” charter avia reysiga soxta chiptalarni tayyorlab berib, jami 17 nafar fuqaroning 22 100 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.S. va S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.