Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021-yil 31-mart kuni viloyat IIB JQB va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-tadbirda, 42 yoshli Kozim A., 36 yoshli Shavkatbek A., va 48 yoshli Abduvoxid F.,lar 24 850 AQSH dollar qiymatiga teng soxta pullarni shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga Qoʻqon shahrida joylashgan “Zamin” choyxonasida 10 000 AQSH dollarga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, ushbu fuqarolar 24 850 AQSH dollar qiymatiga teng soxta pullarni poligrafik usulda nusxa koʻchirib koʻpaytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlaganliklari aniqlandi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti