Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo'linmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Sirdaryo viloyati, Guliston tumanida yashovchi 36 yoshli (erkak) U.F. tomonidan sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko'ra U.F. jabrlanuvchi A.G.ga “Mukofot yutib oldingiz” mazmunidagi soxta havola yuborgan, A.G. o'zining bank karta ma'lumotlarini va telefon raqamiga kelgan maxfiy kodni kiritganidan so'ng plastik kartasidagi 2.207.700 so'm pullar U.F. boshqaruv huquqini qo'lga kiritish orqali, echib olganligi ma'lum bo'ldi.
Mazkur holat yuzasidan U.F.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.