Soxta hujjatlar orqali 10 millard soʻm kreditni qoʻlga kiritgan MCHJ rahbari aniqlandi

    Qora mollarni xarid qilish uchun ajratilgan 10 milliard soʻm kredit mablagʻi aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritildi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan Sh.J. va boshqalar hududiy tijorat banki filialiga soxta baholash hujjatlarini taqdim qilish orqali naslli qora mollarni xarid qilish uchun ajratilgan 10 mlrd soʻm kredit mablagʻini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.