Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.” fermer xoʻjaligi rahbari B.O. davlat kadastrlar palatasi tuman filiali muxandisi U.Sh. orqali xoʻjalikning 18 sotix sugʻoriladigan yer maydoni uchun soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga erishib, ushbu yer maydonini 3 nafar fuqaroga 2022-yilning iyul oyida turar joy sifatida sotganligi oqibatida, fuqarolar tomonidan uy-joy qurish uchun beton poydevorlari qurilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 229-6-moddasi (sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.